Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Qozog‘istonlik menejer ikki o‘zbekistonlik MMA jangchisini muammoni oktagonda hal qilishga chaqirdi

Qozog‘istonlik menejer ikki o‘zbekistonlik MMA jangchisini muammoni oktagonda hal qilishga chaqirdi

Baho:
+1 | -

Oktagon ligasi menejeri Sultan Jakupov o‘zbek MMA jangchilari Odilxon Kamolov va Humoyun To‘xtamurodovni shaxsiy nizolarini professional jang orqali hal qilishga chaqirdi. Bu haqda Sportnews nashri xabar berdi.

Kamolov va To‘xtamurodov yengil vazn toifasida jang qiladi. Ularning tortishuvi 2022 yilda boshlangan, o‘shanda Odilxon bir tok-shouda Humoyunni jangga chaqirgan. Shundan so‘ng ko‘cha janjali vaqtida To‘xtamurodov Kamolovga tarsaki tushirgan. Shu vaqtdan beri ularning ehtimoliy jangi haqidagi gap-so‘zlar to‘xtamay kelmoqda. Odilxon vaqti-vaqti bilan Humoyun bilan jang qilish istagini bildirsa, To‘xtamurodov doimo o‘z hamyurti bilan oktagonga chiqishni istamasligini aytib kelgan.

Ko‘pchilik menga Odilxon Kamolov va Humoyun To‘xtamurodov o‘rtasidagi bahsli vaziyat haqidagi videolarni yubormoqda. Shaxsan o‘zimning fikrim shuki, ushbu sportchilar muammoni Octagon ligasida hal qilishi kerak. Agar ular istashsa, ushbu jangni Toshkentda o‘tkazishimiz mumkin. Agar Humoyun rozi bo‘lsa, Odilxon jang qilishga tayyor. Hozir vaziyat shunday rivojlanyaptiki, hammasini ko‘chada hal qilishmoqda. Lekin bu noto‘g‘ri, o‘zini hurmat qilgan sportchi bunday qilmaydi. Men yigitlarni ortiqcha bahslarni to‘xtatib, oktagonda jang qilib, bu masalani yopishga chaqiraman. Agar Humoyun rozi bo‘lsa, bu jang, albatta, bo‘lib o‘tadi, dedi Jakupov.

Eslatib o‘tamiz, Octagon ligasining may oyidagi turniri Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:23, 27.03.2025.
O'qildi: 2057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.