Kirish Ro'yxatdan o'tish

Braziliyalik superiqtidor "Chelsi" tarkibiga qachon qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi

Braziliyalik superiqtidor "Chelsi" tarkibiga qachon qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+2 | -

"Palmeyras" klubi va Braziliya terma jamoasi vingeri Estevao Villian klublar o‘rtasidagi jahon chempionati-2025 yakunlangach, "Chelsi" tarkibiga qo‘shiladi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.

Endi rejaga ko‘ra, aprel oyida 18 yoshga to‘ladigan 17 yoshli braziliyalik futbolchi Braziliya klubi safida klublar o‘rtasidagi JCH-2025da ishtirok etadi.

U turnir yakunlanishi bilanoq "Chelsi" safiga qo‘shilib, yangi mavsumni inglizlar safida boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida londonliklar futbolchini 40 + 25 (bonuslar) million yevroga xarid qilgan edi.

2025 yilda Estevao "Palmeyras" safida Paulista ligasida 13 ta o‘yin o‘tkazdi va 5 ta gol urdi.

Kiritildi: 10:02, 28.03.2025.
O'qildi: 1878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик