Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yulduz yarim himoyachi "Milan"ga qaytishni istamoqda

Yulduz yarim himoyachi "Milan"ga qaytishni istamoqda

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Sandro Tonali yaqinda "Nyukasl"ga sovrin qo‘lga kiritishda yordam berdi, ammo uning A Seriyaga qaytishi haqidagi taxminlar davom etmoqda. Jurnalist Daniele Longoning yozishicha, italiyalik futbolchiga "Yuventus" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Yuventus" uchun bu juda mantiqiy, chunki Duglas Luiz va Kopmeynerslarning yozgi transferlari hali umidlarni oqlamadi. "Milan" esa har doim Tonaliga da’vogarlar qatorida bo‘ladi.

Biroq moliyaviy sharoit Italiya klublari uchun transferni amalga oshirishni qiyinlashtiradi. Tonali yiliga 7 million yevro oladi va "Nyukasl" ikki yil avval unga sarflagan 60 million yevrodan pastroq takliflarni ko‘rib chiqmaydi. Biroq jurnalistning qayd etishicha, Tonali o‘z agentlariga kelajakda "Milan"ga qaytish istagi haqida allaqachon ma’lum qilgan.

Joriy mavsumda 24 yoshli italiyalik “Nyukasl” safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 15:04, 28.03.2025.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик