"Real" ustozi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining "Leganes"ga qarshi o‘yini oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Italiyalik mutaxassis iste’fosi haqidagi savolga javob berdi.
- Ba’zi odamlar Karlo Anchelottining iste’fosini ko‘rishni istayotgandek tuyulyaptimi?
- Yo‘q. Bozorda nima bo‘layotgani menga qiziq emas. Men faqat mavsumning hal qiluvchi qismiga e’tibor qarataman. Mening vazifam - futbolchilarni eng yaxshi natijaga yo‘naltirish," - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.