Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Manchester Siti” “Real” futbolchisini nishonga oldi

“Manchester Siti” “Real” futbolchisini nishonga oldi

Baho:
+-1 | -

“Real”ning braziliyalik futbolchisi Rodrigo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Hujumchi Madridda qolish istagini ochiq bildirganiga qaramay, Pep Gvardiola uni “Manchester Siti”ga olib kelishga harakat qilmoqda.

Angliya klubi tarkibni tubdan o‘zgartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bois “Siti” rahbariyati braziliyalik futbolchining otasi bilan uchrashuv o‘tkazib, Rodrigoga yuqori maosh hamda uning o‘ng qanot hujum chizig‘ida doimiy o‘yin amaliyotini taklif qilgan.

Manbalarga ko‘ra, “Manchester Siti” vakillari va Rodrigoning otasi o‘rtasidagi uchrashuv ikki-uch hafta oldin bo‘lib o‘tgan. Futbolchining atrofidagilar esa bu ma’lumotni rad etmoqda.

Team Talk xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” Rodrigoni yozgi transfer oynasidagi asosiy nishonlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Biroq transfer juda qimmatga tushishi mumkin, chunki “Real” braziliyalik futbolchini jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri deb hisoblaydi va Chempionlar Ligasidagi prinsipial raqibiga sotishga rozi bo‘lmasligi mumkin.

Rodrigoning Madrid klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qildi. Transfermarkt portali uning qiymatini 100 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:03, 28.03.2025.
O'qildi: 1648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик