Argentinalik mashhur murabbiy Xorxe Sampaoli o‘zi tarixdagi eng yaxshi deb hisoblagan besh nafar futbolchini sanab o‘tdi.
65 yoshli mutaxassis tuzgan beshlikda faqat bitta zamonaviy o‘yinchiga joy topildi - uning ismi hech kimni hayratda qoldirmaydi.
"Butun tarixdagi eng yaxshi besh futbolchi? Ulardan ikkitasi argentinalik: Maradona va Messi. Qolgan uchtasi di Stefano, Pele va Kroyff," - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi GeGlobo.