Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" sobiq futbolchisi Xeysen haqida fikr bildirdi

"Real" sobiq futbolchisi Xeysen haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi sobiq markaziy himoyachisi Fernando Yerro hozirda "Bornmut"da o‘ynayotgan Din Xeysen haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Xyoysen ajoyib futbolchi, bunisi aniq. U jismoniy va texnik imkoniyatlari bilan hayratlantiradi va Angliya chempionatida ham ba’zi mahoratlarini namoyish etdi. Ispaniya safida o‘ynagan ikki o‘yinida u odamlarning fikrini o‘zgartirdi va hamma uning iqtidori naqadar yuqori ekanligini anglab yetdi. Men uning to‘p bilan ishlashdagi xotirjamligidan va yirik hujumchilarga qarshi qat’iyatli o‘ynashidan juda hayratlandim", - dedi 57 yoshli ispaniyalik sobiq futbolchi.

Avvalroq, "qirollik klubi" 19 yoshli futbolchini yozda sotib olishga jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 17:26, 29.03.2025.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик