Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Eddi Xirn ham Ahmadaliyev - Inoue jangi shu yil o‘tkazilishini tasdiqladi

Eddi Xirn ham Ahmadaliyev - Inoue jangi shu yil o‘tkazilishini tasdiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirnning aytishicha, ushbu jang shu yilning sentyabr oyida o‘tkazilishi mumkin.

Buning uchun ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lib turgan yaponiyalik bokschi ham, WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliyev ham 4 may tongida Las-Vegas shahrida o‘tkaziladigan boks oqshomidagi o‘z janglarida g‘alaba qozonishlari talab etiladi. Inoue shu kuni amerikalik Ramon Kardenasga qarshi ringga ko‘tariladi. Hamyurtimizning esa hozircha raqibi tasdiqlanmagan.

"Biz Ahmadaliyev - Inoue jangi bo‘yicha muzokaralarni deyarli yakunladik. Jangning sentyabr oyida o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishdik. Biz rozi bo‘lgan taqdirdagina Inoue - Kardenas jangi mutlaq jahon chempionligi maqomida bo‘ladi. Chunki, Naoya navbatdagi jangini Ahmadaliyevga qarshi o‘tkazishi shart. WBA uning zimmasiga ana shu majburiyatni qo‘ygan. Agar jangdan qochsa, WBA chempionlik kamaridan mahrum etiladi. Biz yaponiyalik bokschiga shu holatda ham imkoniyat beryapmiz. Sentyabrda Murodjonga qarshi ringga chiqish sharti evaziga Kardenas bilan jang qilishiga ruxsat beryapmiz. Bu bo‘yicha uning promouteri Xonda bilan ham kelishib oldik. Inoue - Ahmadaliyev jangi sentyabr oyida Yaponiyada o‘tkaziladi. Tez kunda jang bo‘yicha rasman shartnoma imzolaymiz", — deya Xirnning so‘zlarini keltirmoqda BoxingScene.

Kiritildi: 12:37, 31.03.2025.
O'qildi: 887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.