Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» «Osasuna» shikoyatiga qanday javob qaytarmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» «Osasuna» shikoyatiga qanday javob qaytarmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Osasuna" klubining Korollik Ispaniya futbol federasiyasiga (RFEF) qilgan shikoyatiga qarshi javob tayyorlashning so‘nggi bosqichida turibdi. Pamplona klubi rahbariyati fikriga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Inigo Martines 27-tur o‘yinida (3:0) qatnashish huquqiga ega emas edi, deb yozmoqda Marca.  

Eslatib o‘tamiz, "Osasuna" FIFA nizomlari buzilganini da’vo qilmoqda. Unga ko‘ra, tibbiy sabablarga ko‘ra terma jamoa yig‘inini tark etgan futbolchi xalqaro tanaffus tugaganidan keyin besh kalendar kuni davomida klubi uchun maydonga tushishi mumkin emas. Ma’lumki, 17 mart, dushanba kuni RFEF rasman Martinesning "Qizil furiya" tarkibidan chiqarilganini e’lon qilgan. Ispaniya terma jamoasi 23 mart kuni Niderlandiyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yinini o‘tkazgan, 27 mart kuni esa Martines "Osasuna"ga qarshi o‘ynagan.  

Manbaga ko‘ra, "Barselona" RFEF futbolchini terma jamoa majburiyatlaridan ozod qilganini va uning "Osasuna"ga qarshi o‘yini nizomga zid emasligini isbotlashga harakat qiladi.  

Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" klubi "Osasuna"ning shikoyati ular uchun salbiy oqibatlarga olib kelmasligiga ishonmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:09, 01.04.2025.
O'qildi: 2740 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик