Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real Madrid" o‘z tarixidagi 10 000-golini urdi

"Real Madrid" o‘z tarixidagi 10 000-golini urdi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" o‘z tarixidagi 10 000-golini urdi. Bu Ispaniya kubogining ikkinchi yarim finalida "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda yuz berdi.

"Los-Blankos" yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni qirollik klubi tarixidagi barcha turnirlardagi yubiley gol muallifiga aylandi. Uning 86-daqiqada urgan goli jamoaga uchrashuvdagi hisobni tenglashtirishga yordam berdi. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng yakuniga yetdi.

Avvalgi 9000-golni 2017 yilda Garet Beyl kiritgan edi. “Real” Ispaniya chempionatida 6545 ta, kubokda 1417 ta, Yevropa chempionlar ligasida 1103 ta gol urgan. Qolganlari esa boshqa turnirlarda kiritilgan.

Kiritildi: 14:18, 02.04.2025.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик