Rossiya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Arsen Zaxaryanning Ispaniya chempionatidagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Zaxaryanning ketishini kutayotganlar bor. Albatta, jarohatlar uni qiynab qo‘ygan, ammo u "Sosyedad"da o‘zini ajoyib his qiladigan kunlar keladi", deya Kanchelskisning so‘zlarini keltiradi Match TV.