Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Angliya klubi o‘zining uy stadionini tark etadi

Angliya klubi o‘zining uy stadionini tark etadi

Baho:
+ | -

"Luton Taun" o‘z uy stadioni "Keniluert Roud"ni tark etib, yangi zamonaviy stadionga ko‘chib o‘tadi. Bu faktni "English accent" nashri tarqatgan.

"Shlyapachilar" yangi stadion qurish uchun rasmiy ariza berishdi. Arena 25 000 kishini sig‘dirishi rejalashtirilgan va stadionning o‘zi Lutonning eng markazida joylashgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "Luton Taun" Angliya Premyer-ligasida o‘ynagandi. Biroq mavsum klub uchun Chempionshipga qaytish bilan yakunlandi. Hozir "Luton Taun" Chempionshipda xavfli zonada va Angliya birinchi ligasiga tushib ketishga yaqin turibdi. Klub 23-o‘rinda va atigi 38 ochko to‘plagan holda 21-o‘rindan ikki ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 21:41, 02.04.2025.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик