Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

“An-Nasr” APLdan 100 million yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

“An-Nasr” APLdan 100 million yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

Baho:
+ | -

“Vest Hem” vingeri Muhammad Quddus Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Gana terma jamoasi a’zosining ingliz klubi bilan shartnomasida 85 million funt sterling (taxminan 100 million yevro) miqdoridagi tovon puli ko‘rsatilgan. “An-Nasr” yozgi transfer oynasida ushbu summani to‘lab, futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.

Agar bitim amalga oshsa, futbolchi Saudiya Pro Ligasida amalga oshirilgan eng qimmat transferga aylanishi mumkin. Hozirgi rekord Neymarga tegishli bo‘lib, 2023 yilda “Al-Hilol” braziliyalik hujumchini 90 million yevroga “PSJ”dan xarid qilgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Quddus “Vest Hem” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Muhammadning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:42, 03.04.2025.
O'qildi: 1944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.