Kirish Ro'yxatdan o'tish

Virjil van Deyk: "Bu "Liverpul" uchun ajoyib mavsum bo‘lishi mumkin"

Virjil van Deyk: "Bu "Liverpul" uchun ajoyib mavsum bo‘lishi mumkin"

Baho:
+ | -

"Liverpul" markaziy himoyachisi va sardori Virjil van Deykning fikricha, "qizillar" Liga kubogi, Angliya kubogi va Chempionlar ligasini tark etganiga qaramay, mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazyapti.

"Mening fikrimcha, hozir biz uchun ishlar juda yaxshi ko‘rinmoqda. Mavsum boshida biz to‘rtta sovrin uchun kurashamiz deb hech kim kutmagandi, ammo ayni damda "Liverpul" liga chempionligi uchun kurashmoqda. Bu haqiqat. Menimcha, bu mavsum "Liverpul" uchun nihoyatda o‘ziga xos bo‘lishi ehtimoli katta", - deydi van Deyk.

"Liverpul" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Arne Slot jamoasi 30 ta o‘yindan keyin 73 ochko jamg‘argan va ikkinchi o‘rindagi “Arsenal”dan 12 ochko oldinda.

Kiritildi: 15:37, 04.04.2025.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик