Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Islom Ismoilov: «Xitoy yoshlar futboli Osiyoda o‘z o‘rniga ega»

Islom Ismoilov: «Xitoy yoshlar futboli Osiyoda o‘z o‘rniga ega»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Xitoyga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Oldimizda vaqt kam bo‘lgani sababli, tezkorlik bilan kechagi uchrashuvni tahlil qildik. Bugundan Xitoyga qarshi bahs uchun tayyorgarlikni boshladik. Xitoy yoshlar futboli ham Osiyoda o‘z o‘rniga ega. Oson o‘yin bo‘lmasligi aniq. Tayyorgarlikni shunga yarasha olib boryapmiz. Tailand bilan uchrashuvdagi xatolardan kelib chiqqan holda, yigitlarga kerakli ko‘rsatmalarni berib, taktik ishlanmalarni amalga oshirishga kirishdik.

2024 yil avgust oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda mezbonlarga qarshi o‘ynaganmiz. Shu boisdan ushbu jamoaga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatish bo‘yicha ozgina ma’lumotlarimiz bor. Bundan tashqari, raqibning Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasidagi har bir uchrashuvi va o‘tkazgan o‘rtoqlik o‘yinlarini tahlil qilib, o‘zimiz uchun kerakli xulosaga keldik. Xudo xohlasa, guruhimizdagi ikkinchi bahsda ham g‘alaba qozonib, o‘zbek futboli muxlislarini xursand qilish uchun harakat qilamiz", — dedi Ismoilov.

O‘yin 6 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi «Okaz» stadionida start oladi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:37, 04.04.2025.
O'qildi: 1707 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.