"Barselona" darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen jamoaning boshqa darvozaboni Voysex Shesni bilan yaxshi munosabatda ekanligiga ishontirdi.
"U ajoyib o‘ynaydi. Men xursandman, chunki biz u bilan birinchi kundanoq ajoyib munosabatdamiz", - deya Ter Shtegen so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Maydonga qaytishiga kelsak, Ter Shtegen o‘yinlardagi ishtirokini qachon davom ettira olishini hozircha bilmaydi.













