Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Shomurodov “Roma” — “YUventus” bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi (video)

Shomurodov “Roma” — “YUventus” bahsining eng yaxshi futbolchisi deb topildi (video)

Baho:
+2 | -

Italiya chempionati 31-turida “Roma” o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Rimliklarning yagona goliga mualliflik qilgan Eldor Shomurodov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgan o‘zbekistonlik hujumchi 49-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Mazkur gol amalda rimliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu bois Eldor uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi  va o‘z sovrinini qabul qilib oldi.

Shuningdek Shomurodov Sofascore tomonidan ham uchrashuvning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topildi. Bir bo‘lim harakat qilgan o‘zbekistonlik futbolchi portal tomonidan 7,2 ballga loyiq ko‘rildi. U 45 daqiqa davomida 20 marta to‘pga teginib, 13 ta sheriklariga uzatma bergan va uning 11 martasi manzilga aniq yetib borgan — 85 foiz.

Sofascore tomonidan “Roma” safidagi eng yaxshi futbolchi darvozabon Sivilar deb topilgan. 90 daqiqa harakat qilgan futbolchi 6 seyvni amalga oshirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:45, 07.04.2025.
O'qildi: 3476 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.