Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Asror Aliqulov: «Andijon»ning katta kuchi – bu uning muxlislari»

Asror Aliqulov: «Andijon»ning katta kuchi – bu uning muxlislari»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Mash’al» (1:0) o‘rtasidagi o‘yin yakunlangach, odatdagidek matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab mehmon jamoa bosh murabbiyi Asror Aliqulov ishtirok etdi.

— Birinchi navbatda Andijonda bunday muxlislik qarshisida to‘p surish futbolchilarga zavq keltiradi, deb o‘ylayman. «Andijon»ning katta kuchi – bu uning muxlislari. Dastlabki daqiqalarda katta shijoat va bosim bor edi. Yigitlar tezroq bosimni yengib o‘tib, «Andijon»ning qanotlardan uzun paslariga qarshi turishlari kutilgandi. Ammo bosimni ushlab tura olmadik va boshida gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda qo‘shdik, yaxshi qarshilik ko‘rsatdik. Vaziyatlar yaratdik. Oxirgi daqiqagacha ochko olishga harakat qildik. Lekin uddalay olmadik. Baribir futbolchilarga e’tirozimiz yo‘q, ular borini berishdi. Hujum uchun kimdan foydalanishimiz kerak bo‘lsa, barchasidan foydalandik. Mehnat qilgan barcha o‘yinchilarga minnatdorchilik bildiraman.

— Oldingi turdagi yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhan tayyorlash qiyin bo‘lmadimi?

— Juda qiyin bo‘ldi. Ularni tezroq bosimdan chiqarishga harakat qildik. Ammo to‘g‘risini aytish kerak, murabbiy sifatida hali o‘sha bosimdan o‘zimiz chiqa olganimiz yo‘q. Futbolchilarga yirik mag‘lubiyatdan keyin Andijonda o‘ynash oson emasdi. Bosimni ko‘tara olish va mag‘lubiyatni unutish borasida murabbiylar shtabi futbolchilarga uqtirdik. Toshkentdagi o‘yin ortda qolgandi va uni unutib, Andijondagi uchrashuvga asosiy e’tiborni qaratdik. Boshida biroz sezildi. Lekin umumiy olganda jamoaning harakati, 90 daqiqa davomida jismoniy holatni ko‘tara olganligi ham bu holatdan yengib chiqishdi.

— Nima uchun asosiy o‘yinchilar dastlabki daqiqalardan maydonga tushmadi?

— Tajribali futbolchilarni jamoamizga kechroq taklif qildik. Dilshod Rahmatullayevni asosiy tarkibda tushirdik. Sherzod Fayziyevga ham imkoniyat bermoqchi edik, ikkilandik. O‘yin amaliyoti kamroqligi hisobidan boshqa o‘yinchiga imkoniyat berishga qaror qildik. Sherzodni ikkinchi bo‘limda tushirdik va biz murabbiylar shtabi uning o‘yinidan qoniqdik. Mashg‘ulotlarda hammasi joyida bo‘lsa, u keyingi o‘yindan asosiy tarkibda o‘ynaydi. Bugungi o‘yini bilan asosiy tarkibda o‘ynay olishini isbotladi.

— Legionerlar qaydnomaga kiritilmadi. Bunga nima sabab?

— Salifuda kichik jarohat bor. Unga dam berishga qaror qildik. Keyingi uchrashuvga tiklana olsa, yordam berishi mumkin.

— 4 ta turda bir g‘alaba va uch mag‘lubiyat. Bosh murabbiy sifatida faoliyatingizdan qoniqyapsizmi?

— Bu tomonlama hech qachon qoniqmaysiz. Chunki jamoani o‘yinga tayyorlaymiz, yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga umid qilamiz. Qaysidir holatda futbolchilar ham, biz ham xatoga yo‘l qo‘yamiz. 4 ta o‘yindan 3 tasida mag‘lubiyat – bu har bir murabbiy uchun og‘ir. Superliga startida bizga tajribaliroq jamoalar to‘g‘ri kelib qoldi. «Andijon» ham tarkibida yaxshi futbolchilarni yig‘di. Chunki OCHLda yurtimiz sha’nini himoya qiladi. Birin-ketin kuchli jamoalarga qarshi o‘ynayapmiz. To‘g‘ri, «Paxtakor» bilan uchrashuvda xatolikka yo‘l qo‘ydik. Futbolchilarimizga tushuntira olmadik. 2:0 dan keyin boshqacha yo‘l tutishimiz kerak edi. Aybni o‘z zimmamga olaman. Katta mag‘lubiyatdan keyin Andijonga yutqazgani kelganimiz yo‘q. Bu degani bizda ham o‘yin uchun reja bor edi. Agar gol urganimizda vazifani bajarishdi, deb aytishimiz mumkin edi. O‘z imkoniyatidan baland o‘ynashdi, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Hech kimga e’tirozim yo‘q.

— Jamoa sardori Humoyun Murtazoyevning o‘yinlarida qandaydir pasayish yuzaga keldi...

— O‘tgan yili pro ligada safimizda ishtirok etdi. Undan oldin «Turon»da o‘yin amaliyotisiz qolgandi. Pro ligadan Superligaga kirishib ketish oson emas. Lekin Humoyun jamoani yetaklashga harakat qilyapti, intilyapti. Baribir tezlik borasida texnik tomonlama biroz muammolar sezilyapti. Balki uni yoshini ham hisobga olishimiz kerak. Hozir Superligada o‘ynash oson emas. Bu degani ligada saviya ancha oshgan.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:29, 07.04.2025.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.