Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga, 4-tur. «Paxtakor» va «Navbahor» murabbiylari hamda «So‘g‘diyona» rahbariyatiga jazo tortilishi mumkin

Superliga, 4-tur. «Paxtakor» va «Navbahor» murabbiylari hamda «So‘g‘diyona» rahbariyatiga jazo tortilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Paxtakor» - «Mash’al» -  1:0

Aprel oyining ikkinchi sanasida «Paxtakor» klubi o‘z maydonida «Mash’al»ni qabul qildi. 1-turning qoldirilgan o‘yini yuzasidan Liga komissari mezbonlar yordamchi murabbiyi Marko Alexandreni o‘z bildirgisida qayd etdi. Mutaxassis reglamentning ayrim bandlariga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lgan.

Unga ko‘ra murabbiy bosh murabbiy va jamoa sardori bor bo‘lishiga qaramay, o‘z e’tirozlarini qo‘pol tarzda bir necha bor bayon qilgan. Shundan kelib chiqib, Liga xorijlik mutaxassisni rasman ogohlantirdi va klub rasmiylaridan reglament talablarini unga tushuntirishni so‘raydi. Kelgusida bu kabi holat jarima intizom chorasi qo‘llanilishiga olib keladi.

«Neftchi» - «Navbahor» - 3:2

«Navbahor» murabbiyi Mixail Smirnov uchrashuv davomida «Paxtakor» murabbiyi bilan bo‘lgandek holatni bir necha bor sodir etgan. Liga unga nisbatan ham rasmiy ogohlantirish berishi mumkin edi. Biroq Smirnov uchrashuv yakunida bosh hakamni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan va qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan. Shundan kelib chiqib, uning ishini O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi ko‘rib chiqadi.

"Istiqlol" stadioni tablosi bilan bog‘liq e’tirozlar Liga komissari bildirgisida qayd etilgan va komissar buni reglamentning 15.5-bandi bilan bog‘lagan. Stadion rasmiylari kelgusi rasmiy uchrashuvda ham Liga talabiga bepisand munosabatda bo‘lsa, «Neftchi» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«So‘g‘diyona» - «Paxtakor» - 2:0

Afsuski, «So‘g‘diyona» futbol klubi rasmiy uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalarga e’tibor qaratmagan.

Birinchi navbatda klub stadion xodimlari uchun 4-turga kelib ham akkreditasiya tayyorlamaganligi qayd etilgan. Oqibatda texnik hududda komissar tanib olishi mushkul bo‘lgan ko‘plab begona shaxslar harakat qilgan. Bu esa klub rasmiylari o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotganini bildiradi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida ikki begona shaxs tribunadan oshib tushib, uchrashuvni maydonga yaqin hududda tomosha qilishni boshlagan, qo‘shimchasiga, rasmiy o‘yin vaqtida klub maskoti bilan suratga tushgan. Uchrashuv yakunlangach esa ikki nafar bola maydonga yugurib tushgan. Klub xavfsizlik ofiseri har ikki holatga beparvo munosabatda bo‘lgan. Begona shaxslarning texnik hudud bo‘ylab istalgancha harakat qilishi Liga komissari uchun qator noqulayliklar keltirib chiqargan.

Shuningdek, tez tibbiy yordam mashinasi uchrashuv startiga 20 daqiqa qolgandagina yetib kelgan. Ya’ni, jamoalar rasmiy mashg‘ulot o‘tkazayotgan vaqtda, ularning ehtimoliy jarohat olishi mumkinligi yuzasidan qayg‘urilmagan. Uchrashuv boshlanganidan keyin ham komissar reglament asosida talab qilgan ayrim masalalar hal etilmagan va ular kechikkan holatda amalga oshirilgan.

Liga «So‘g‘diyona» klubining uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq qator kamchiliklari tegishli qo‘mita yordamida ko‘rib chiqilishi va klubga nisbatan chora ko‘rilishini ta’minlaydi. Kelgusida bu kabi holat takrorlansa, klubga nisbatan jiddiyroq chora ko‘riladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:37, 08.04.2025.
O'qildi: 1615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик