"Yuventus" Pyer Kaluluni olib qolmoqchi.
Himoyachi bu mavsumda Turin klubida "Milan"dan ijara asosida to‘p tepmoqda.
Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, "byankonerilar" yozda to‘laqonli transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. "Yuve" futbolchini 14+3 mln yevroga sotib olish imkoniyatini faollashtirish kerakligiga ishonmoqda.
Fransiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.













