"Aston Villa" himoyachisi Metti Kesh Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida "PSJ"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:3) fikr bildirdi. Futbolchining fikricha, Birmingem o‘z maydonida kambek qiladi.
"Qiyin oqshom. Bu yerda qiyin bo‘lishini bilardik. Biz yaxshi himoyalandik. O‘ylaymanki, Villa Parkda bu boshqacha o‘yin bo‘ladi. Murabbiy bizga: "Bu faqat birinchi bo‘lim" dedi. Uyda biz haqiqatan ham kuchlimiz. Biz uyda ikki yoki uchta gol urishga qodirmiz. Bundan saboq olamiz", dedi futbolchi.
"Aston Villa" va "PSJ" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.













