Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya ichki ishlar vaziri Vinisiusning irqchilik haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Ispaniya ichki ishlar vaziri Vinisiusning irqchilik haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya ichki ishlar vaziri Vinisiusning mamlakatdagi irqchilik haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi.

Oldinroq "Real Madrid" vingeri JCH-2030 Ispaniyada o‘tkazilmasligini, chunki futbolchilar mamlakatda irqchilik namoyon bo‘lishidan aziyat chekishi mumkinligini aytgandi. Shu bilan birga, braziliyalik ta’kidlaganidek: "Ispaniyada ko‘pchilik odamlar irqchi emas. Oxir oqibatda yashash juda yoqimli bo‘lgan mamlakat imidjiga ta’sir qiladigan kichik guruh bor" - dedi.

"Vinisiusning aytganlari meni Ispaniya fuqarosi sifatida biroz xafa qildi. Lekin u buni aytishi to‘g‘ri, chunki u bu ozchilik ekanligini ta’kidlagan.

Bu bizni xarakterlashini yoqtirmayman. Menga ispan jamiyatini ommaviy sport tadbirlarida qatnashadigan ozchilik vahshiylar tomonidan baholanishi yoqmaydi.

Lekin ha, keling, irqchi bo‘lmagan 99 foizimiz buni anglab yetsin va 1 foizga yo‘l qo‘ymasin. U bu borada to‘g‘ri. Qolgan 99 foiz jim turmasin va shu 1 foiz qolganlarimizni qanday hukm qilishni belgilasin. Bu meni tashvishga solayotgan narsa. Barchamiz buni qoralashda faolroq bo‘lishimiz kerak" - dedi Ispaniya ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska.

Kiritildi: 21:45, 11.04.2025.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик