Kevin de Bryuyne "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urdi.
U 2022 yildan beri birinchi marta gol urdi. Kevin uchun bu jarima zarbasidan urilgan 13-chi gol hisoblanadi. Belgiyalik futbolchi oxirgi marta 2022 yil 29 oktyabr kuni APLning "Lester"ga qarshi o‘yinida (1:0) jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urgandi.
Eslatib o‘tamiz, de Bryuyne mavsum yakunida "Man Siti"ni tark etadi.













