Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Nodirbek Abdusattorov: «Eng kuchli raqibim — Karlsen»

Nodirbek Abdusattorov: «Eng kuchli raqibim — Karlsen»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi, dunyo reytingida 6-o‘rinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov “World Chess” nashriga intervyu berdi.

Abdusattorov o‘zi haqidagi qiziqarli 10 ta savolga javob berdi.

— O‘zingizni shaxmatchi sifatida qanday ta’riflaysiz?
— Men o‘zimni agressiv o‘yin uslubiga ega o‘yinchi deb bilaman. Har bir partiyada oxirigacha kurashish va bosim ostida ham to‘g‘ri qaror qabul qilish — mening asosiy kuchli tomonlarim.

— Sevimli debyutingiz qaysi?
— Mening eng sevimli debyutim Ruy Lopez (Ispancha partiya deb ham ataladi).

— Nima uchun aynan shu debyutni yoqtirasiz?
— U juda ko‘p qirrali, tarixiy merosga ega va zamonaviy shaxmat strategiyasida ham muhim o‘rin tutadi. Ko‘plab buyuk chempionlar shu debyutga tayanishgan.

— O‘z o‘yinlaringizni yana qaysi tomondan kuchaytirishni xohlaysiz?
— O‘yinning yakuniy qismi — endshpilni rivojlantirish. Magnus Karlsen kabi chuqur texnikaga ega bo‘lishni istayman.

— Sizni ilhomlantirgan shaxmatchi kim?
— Meni eng ko‘p ilhomlantirgan shaxmatchi — Garri Kasparov. Unga havas qilaman va uning o‘yin uslubidan o‘rnak olishga harakat qilaman.

— Eng kuchli raqibingiz kim bo‘lgan?
— Albatta, Magnus Karlsen. U barcha davrlarning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, hali ham yuqori saviyada o‘ynamoqda.

— Onlayn yoki oflayn shaxmat, siz qaysi birini afzal ko‘rasiz?
— Men oflayn shaxmatni afzal ko‘raman, chunki onlayn sharoitda raqibning yuz ifodalari, hissiyotlari ko‘rinmaydi. Jonli bahsda esa raqibning reaksiyalaridan ham foydalanish mumkin.

— Hozirgacha erishgan eng katta yutug‘ingiz qaysi?
— 2021 yilda jahon rapid chempionligiga erishishim va ilk bor oltin medal olishim — hozirgacha mening eng katta yutug‘im.

— Kelajakdagi eng katta maqsadingiz nima?
— Bolalikdan beri dunyoda birinchi raqamli shaxmatchi bo‘lishni orzu qilaman. Bu har qanday top o‘yinchining eng oliy maqsadi.

— Bu maqsadga erishish qiyin bo‘lmaydimi?
— Albatta, oson emas. Oldinda juda katta mehnat va sinovlar kutib turibdi. Lekin men bunga tayyorman va oldinga intilishdan to‘xtamayman.

Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov hozir Fransiyaning Parij shahrida davom etayotgan Freestyle Chess Grand Slam Paris turnirida qatnashmoqda. Saralash bosqichida 5-o‘rinni egallagan sportchi chorak finalda dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

5-o‘rin uchun kechgan bahsda Maksim Vashe-Lagravga qarshi dona surdi. Birinchi bahsda g‘alaba qozongan Nodirbek, ikkinchi bahsda fransiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Shundan keyin ishtirokchilar taybrekka murojaat qilishdi. Taybrekning 1-o‘yini durang bilan yakunlangan bo‘lsada, 2-o‘yinda Maksimning qo‘li baland keldi. Endi Nodirbek musobaqani yettinchi o‘rin uchun kurashda davom ettiradi. Raqib esa — Yan Nepomnyashchiy.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:33, 13.04.2025.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.