Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Inter" yetakchisi asosiy tarkibga qaytadi

"Inter" yetakchisi asosiy tarkibga qaytadi

Baho:
+ | -

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Federiko Dimarko "Inter" safida Chempionlar ligasi chorak finalining 16 aprel, chorshanba kuni "San-Siro"da bo‘lib o‘tadigan "Bavariya"ga qarshi javob o‘yinini asosiy tarkibda boshlaydi.

Italiyalik qanot himoyachisi Simone Indzagining sxemasida asosiy o‘yinchi hisoblanadi, ammo mart oyida u tizza osti payidan jarohat olib, bir necha haftaga safdan chiqdi. Xalqaro tanaffusdan so‘ng, Dimarko A Seriyada uch marta maydonga tushdi, ammo barcha holatlarda u taxminan 60-daqiqada almashtirildi, "Bavariya" bilan birinchi o‘yinda va Italiya kubogi yarim finalida "Milan"ga qarshi o‘yinda u maydonga tushmadi - uning pozisiyasini chap qanotda Karlos Augusto egalladi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, chorshanba kuni 27 yoshli italiyalik futbolchi asosiy tarkibga qaytadi. Indzagi hali ham A Seriyaning so‘nggi o‘yinlarida bo‘lgani kabi uning o‘yin vaqtini cheklashni rejalashtirmoqda, shuning uchun ikkinchi bo‘limda almashtirish ehtimoli bor. Unday bo‘lsa, uning o‘rnini yana Augusto egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" birinchi o‘yindan keyin 2:1 hisobida oldinda bormoqda.

Kiritildi: 18:40, 14.04.2025.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик