Kirish Ro'yxatdan o'tish

Modrich: "Suonsi" bilan yuqori saviyada o‘ynash tajribamni baham ko‘rishimga ishonaman"

Modrich: "Suonsi" bilan yuqori saviyada o‘ynash tajribamni baham ko‘rishimga ishonaman"

Baho:
+ | -

Luka Modrich "Suonsi"ning hammuallifiga aylandi.

"Suonsi" 39 yoshli futbolchining klubning investori va hammuallifiga aylanganini tasdiqladi.

"Bu ajoyib imkoniyat. "Suonsi" kuchli o‘ziga xoslik, ajoyib muxlislar bazasi va eng yuqori saviyada o‘ynash istagiga ega.

Klub bilan yuqori saviyada o‘ynash tajribamni baham ko‘rishimga ishonaman. Maqsadim - klubning ijobiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va buyuk kelajakni qurishga yordam berish", - deydi "Real Madrid" yarim himoyachisi.

"Suonsi" joriy mavsum chempionat jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. Uels klubi 42 o‘yinda 54 ochko to‘plagan.

Kiritildi: 23:03, 14.04.2025.
O'qildi: 1350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.