Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Altin Kreziu: "Yana shunday ruhda ishlashda davom etamiz"

Altin Kreziu: "Yana shunday ruhda ishlashda davom etamiz"

Baho:
+ | -

"Andijon"ning "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazgan ajoyib o‘yini va unda qayd etilgan natija muhim voqealardan biri bo‘ldi va bu shubhasiz tarixiy g‘alaba!

"Andijon" jamoasining O‘zbekiston chempionatida hali Toshkentda "Paxtakor"ni taslim qilmagani fonida bu safar "Burgutlar"ning "Sherlar" uyidan g‘alaba bilan qayta olgani tahsinga loyiq.

Butun jamoa katta hajmdagi ishni bajardi va g‘alabaga har tomonlama munosibligini isbotlay oldilar. Yarim himoyachi Altin Kreziu ham ushbu o‘yinda jamoadoshlari kabi o‘zini ko‘rsata oldi. Legioner "Andijon" matbuot xizmatiga dastlab Toshkentdagi o‘yin haqida gapirdi:

"Ha, bu "Andijon"ning tarixida "Paxtakor"ga qarshi birinchi g‘alabamiz. Shu sababli nihoyatda xursandmiz. Biz buning uchun hafta davomida juda qattiq mehnat qildik. Raqibning ajoyib jamoa ekanligini bilamiz. Shu bois ham qiyin o‘yin bo‘lishini sezib turgandik. Lekin amalda uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan katta qoniqish hosil qildik. Yana shunday ruhda ishlashda davom etamiz".

Ma’lumki, o‘yinning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Hammasi ikkinchi bo‘limda sodir bo‘ldi va darvozalarga beshta gol urildi. Altin bu xususida shunday dedi:

"Birinchi taymda to‘pni egallab turish masalasida bir qator ustunlikka erishayotgandek tuyulmagandik. Boisi, "Paxtakor" to‘pni nazorat qilib, paslar orqali yaxshi o‘ynadi. Lekin tanaffus vaqtida kichik detallarni to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘ldik. Natijada ikkinchi taymda ancha yaxshi o‘yin ko‘rsata oldik".

Kreziuning kiritilgan gollarda hissasi katta bo‘ldi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, ikkita golga qoyilmaqom pas uzatdi va bundan jamoadoshlari ustalik bilan foydalandi. Bunda albatta butun jamoaning hissasi beqiyos bo‘lganini ta’kidlash darkor.

"To‘g‘ri, ikkita assistni berdim. Lekin jamoasiz buning umuman imkoni bo‘lmasdi. Bizda juda yaxshi darajadagi futbolchilar borligidan xursandman. Shu bilan birga safimizda yosh hamda tajribali o‘yinchilar o‘rtasida balansli tarkib yuzaga kelgan. Murabbiylar shtabi ham uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi. Birinchi taymda biroz bo‘shliqlarga yo‘l qo‘ydik. Keyin esa murabbiy o‘yinimizga kichik o‘zgartirishlar kiritdi. Murabbiylar shtabi bizni yana faol o‘yinga qaytara oldilar. Ikkinchi taymdagi o‘yin rejasi beshta himoyachi bilan himoyalanish edi, chunki "Paxtakor" hujumchilari xavfli bo‘lib, ular yaxshi paslarni amalga oshirishayotgandi. Biz bunga tayyor edik. Ikkinchi taymdagi qarshi hujumlarimiz jamoamizga yordam berdi. O‘z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanganimiz ajoyib ish bo‘ldi. Umuman olganda, bizga yordam beradigan kichik detallar ustida ko‘p ishladik. Jamoa ko‘rsatgan o‘yindan mamnunman", - deya fikr bildirdi, Kreziu.

Kiritildi: 11:58, 15.04.2025.
O'qildi: 541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.