Markus Reshford "Aston Villa" safidagi so‘nggi 12 o‘yinda sakkizinchi ochkoni qo‘lga kiritdi.
"Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan vinger Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan "PSJ"ga qarshi javob o‘yinida Ezri Konsaga golli uzatma berdi. Ushbu gol evaziga birmingemliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Reshford "Aston Villa" safidagi so‘nggi 12 o‘yinda uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.













