Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Superliga 5-tur o‘yinlarini tahlil qilindi: hakamlar ikki vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ygan

Superliga 5-tur o‘yinlarini tahlil qilindi: hakamlar ikki vaziyatda xatoga yo‘l qo‘ygan

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 5-tur uchrashuvlariga bag‘ishlab, Hakamlar markazi mutaxassislari, bosh hakam, yordamchi hakam, VAR hakami hamda instruktorlar ishtirokida Zoom platformasi orqali tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tahlil davomida Ma’mur Saidkasimov, Farhod Abdullayev, Vladislav Seytlin, Valentin Kovalenko, Jahongir Saidov va Bobur Haydarov hakamlar tomonidan chiqarilgan ijobiy hamda bahsli qarorlarni tahlil qildi.

Quyida Superliga 5-turi doirasidagi vaziyatlar alohida ko‘rib chiqildi:

— «Navbahor» — «Sho‘rtan» uchrashuvida Zabihullo O‘rinboyevning qo‘liga to‘p tegishi bilan bog‘liq vaziyat bosh hakam tomonidan FIFA qoidalari asosida to‘g‘ri talqin etilgan.

— «Xorazm» — OKMK uchrashuvida Islom To‘xtaxo‘jayevga ko‘rsatilgan qizil kartochka VAR aralashuvi bilan FIFA qoidalariga muvofiq tarzda sariq kartochkaga almashtirilib, yakuniy qaror to‘g‘ri chiqarilgan.

— «Qo‘qon-1912» — «Buxoro» o‘yinida qo‘pol tarzda harakat qilgan futbolchiga qizil kartochka berilishi bo‘yicha bosh hakam noto‘g‘ri talqin olib borib, faqatgina sariq kartochka bilan cheklangan. Ammo bu vaziyatda Ahrol Risqullayev Baxtiyor Qosimovga qizil kartochka ko‘rsatmasdan xatoga yo‘l qo‘ygan.

— «Navbahor» — «Neftchi» uchrashuvida (Superliga 4-turi) maydon markazidan to‘pni o‘yinga kiritish bilan bog‘liq holatda bosh hakam va qanot hakami tomonidan e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgan.

Mazkur epizodlar atroflicha ko‘rib chiqilib, hakamlarga tegishli tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 15:03, 16.04.2025.
O'qildi: 1333 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик