Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Vulverxempton" hujumchisi Bundesligaga yo‘l olishi mumkin

"Vulverxempton" hujumchisi Bundesligaga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Bundesligadan Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun da’vogarlardan biri hozirda yangi hujumchi qidirmoqda.

Nufuzli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, Frankfurtning "Ayntraxt" klubi joriy mavsumda ijara asosida "Las-Palmas" sharafini himoya qilayotgan Fabiu Silvani yozgi transferlar oynasidagi maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan.

Nemis klubi va 22 yoshli portugaliyalik bilan shartnoma imzolagan "Vulverxempton" o‘rtasida dastlabki muzokaralar boshlangan. "Burgutlar" rahbariyati futbolchini jamoa tarkibini kuchaytirish uchun juda qimmatli variant deb hisoblamoqda.

Portugaliyalik iqtidorli futbolchiga Yevropaning boshqa yetakchi klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda Fabiu Silva "Las-Palmas" safida barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mashhur Transfermarkt portali uning narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:21, 16.04.2025.
O'qildi: 456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик