Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Keyn: "Balotelli va Neymar zarba berishdan oldin darvozabonning harakatlanishini kutishgan, men ham shunday qilyapman"

Keyn: "Balotelli va Neymar zarba berishdan oldin darvozabonning harakatlanishini kutishgan, men ham shunday qilyapman"

Baho:
+ | -

Xarri Keyn penalti tepish texnikasi qanday o‘zgarganini aytdi.

"Bavariya" hujumchisi avvallari kuch va aniqlik uchun zarba berganini, endi esa penaltini tepishdan oldin darvozabonning erta harakatini payqashga harakat qilayotganini tushuntirdi.

"O‘tgan yillar davomida shunday penalti tepgan futbolchilar ko‘p bo‘ldi. O‘ylaymanki, ba’zi o‘yinchilar esimga tushdi: Mario Balotelli, Neymar. Ular zarba berishdan oldin darvozabonni kutishgan. Men oldin bunday qilmaganman, qattiqroq kuch va aniqlikka tayanganman.

Jahon chempionatida Fransiyaga qarshi o‘sha penaltini noaniq amalga oshirganimdan so‘ng, o‘zimni farq qila oladigandek his qildim, ayniqsa bir uchrashuvda ikkita penalti tepganimda. Men uni yaxshilashga harakat qilmoqchi edim, xayriyatki, o‘shandan beri hammasi yaxshi bo‘ldi.

Men har doim yaxshilanishning kichik usullarini topishga harakat qilaman. Bu penalti tepish ulardan biri. Albatta, o‘shandan beri bu menga penaltilarda yordam berdi. Menda yaxshi natijalar borligi aniq. Men qilayotgan ishimni davom ettirishim kerak" - dedi Keyn.

Bugun "Bavariya" Chempionlar ligasi chorak finalining 2-turida "Inter"ga qarshi o‘ynaydi (birinchi o‘yin – 1:2).

Kiritildi: 21:57, 16.04.2025.
O'qildi: 577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик