Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Islombek Ismoilov: «KXDR to‘liq tarkib bilan o‘ynaganida ham, biz o‘z uslubimizdan chekinmas edik»

Islombek Ismoilov: «KXDR to‘liq tarkib bilan o‘ynaganida ham, biz o‘z uslubimizdan chekinmas edik»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov KXDRga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Islombek Ismoilov:

— Avvalo, butun O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Bizni qo‘llab-quvvatlagan, bizga yordamini ayamagan har bir insonga minnatdorlik bildiraman. Qiyin o‘yin bo‘ldi, chunki raqibimiz jismoniy jihatdan juda kuchli edi. Bor energiyamiz va ishtiyoqimiz bilan harakat qildik. Bu kunga qadar juda ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik.

Raqibga ko‘rsatilgan qizil kartochka haqida:

— Albatta, qizil kartochka bizga biroz yordam berdi. Avval ta’kidlaganimdek, raqib o‘tkazgan barcha o‘yinlarida, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlashiga guvoh bo‘ldik. Ularga qarshi o‘ynagan jamoalar o‘z jarima maydonlari atrofida himoyalanishgan, biz esa himoyamizni raqib maydonidan boshlab qurishga harakat qildik. Aniq ayta olamanki, KXDR jamoasi to‘liq tarkib bilan o‘ynaganida ham, biz o‘z uslubimizdan chekinmas edik. Tanaffus vaqtida futbolchilarga bir lahza bo‘lsa ham [otirjamlikka berilmaslik va hujumlar sonini oshirish haqida ko‘rsatma berdik. Biz har qanday holatda ham ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 11:14, 18.04.2025.
O'qildi: 9218 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.