Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Abduqodir kelajakda top darajadagi futbolchiga aylanadi” — muxlislar Husanov haqida qanday fikrda?

“Abduqodir kelajakda top darajadagi futbolchiga aylanadi” — muxlislar Husanov haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

2025 yil yanvar oyida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safiga qo‘shildi. Oradan bir oy o‘tib, u jamoa muxlislari tomonidan fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Husanov bu sovrinni Erling Holand, Yoshko Gvardiol kabi yulduzlarini ortda qoldirgan holda qo‘lga kiritdi.

Biroq hozirda yosh futbolchi uchun hammasi unchalik silliq ketayotgani yo‘q. U so‘nggi o‘yinlarda asosiy tarkibga kiritilmayapti. Abduqodir “Lester”ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilmagan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” hamda “Kristal Pelas”ga bilan o‘yinlarda zaxirada qoldirildi.

Shunga qaramay, ko‘plab muxlislar Husanovga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmagan. Ularning fikricha, himoyachi hali o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishga ulgurmagan xolos. Setanta Sport nashri “shaharliklar”ning oxirgi o‘yini oldidan muxlislarning Husanov haqidagi fikrlari bilan qiziqdi. Quyida sizlarga uni taqdim etamiz.

"Abduqodir Husanov juda yosh, chaqqon va raqib harakatlarini oldindan sezadi. Menimcha, u “Manchester Siti” uchun kelajakda juda foydali futbolchiga aylanadi", deydi klub ishqibozlaridan biri.

Yana bir muxlis esa shunday deydi: "Husanovda o‘ziga bo‘lgan ishonch kuchli. Maydondagi harakatlari Gvardiola falsafasiga mos keladi. Unga hali ko‘p imkoniyat beriladi — bunga shubham yo‘q".

Bundan tashqari, muxlislar orasida Husanovning o‘yini bo‘yicha turli fikrlar mavjud:

"Do‘stim Pavel aytganidek, u ajoyib tezlikka ega. Abduqodir bundan keyin “Manchester Siti” uchun juda foydali futbolchiga aylanishi mumkin. Uning yoshligi va chaqqonligi tahsinga sazovor", deydi boshqa bir muxlis.

"U hali o‘zining eng yaxshi o‘yini ko‘rsatmadi, lekin kelajakda top darajadagi futbolchiga aylanadi, bunga shubham yo‘q", deydi yana bir ishqiboz.

Qayd etish joizki, muxlislar allaqachon Husanovning ismi tushirilgan liboslarda stadionda ko‘rinish bera boshladi. Ayni paytda esa “Etihad”da eng ko‘p sotilayotgan futbolka hali ham Kevin de Bryuynega tegishli. Lekin “Siti”ning yaponiyalik muxlisi yaqin vaqtda Abduqodirning liboslari ham bu qatordan joy olishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun. hozirda “Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasi jadvalida 55 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. “Shaharliklar” navbatdagi turni safarda “Everton”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 19 aprel kun Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 16:58, 18.04.2025.
O'qildi: 4345 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.