"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Tomas Parti bilan shartnomani uzaytirish imkoniyati haqida gapirdi.
"Tomas Parti bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda oldinga siljish bormi? Barcha futbolchilar bilan olg‘a siljish bor. Bu masalani Andrea Bertaga qoldiraman. U muhokama qiladi va yakuniy qarorni qabul qiladi", dedi Arteta.
Tomas Parti joriy mavsumda “Arsenal” safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













