Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Nikola Lazarevich: «Qo‘qon-1912»ning zaif nuqtalarini o‘rganib chiqib, aynan o‘sha hududlar orqali hujum qilishni mashg‘ulotlarda sinovdan o‘tkazgandik»

Nikola Lazarevich: «Qo‘qon-1912»ning zaif nuqtalarini o‘rganib chiqib, aynan o‘sha hududlar orqali hujum qilishni mashg‘ulotlarda sinovdan o‘tkazgandik»

Baho:
+ | -

“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912”  uchrashuvdan (1:0) keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Jamoamiz a’zolarini g‘alaba bilan tabriklayman. Shu bilan birga raqib jamoaga ham bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz “Qo‘qon-1912”dan aynan bugungidek o‘yin kutgandik. Raqibga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqibning zaif nuqtalarini o‘rganib chiqib, aynan o‘sha hududlar  orqali hujum qilishni mashg‘ulotlarda sinovdan o‘tkazgandik. O‘ylashimcha,  rejamiz amalga oshdi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ammo gol urishning uddasidan chiqa olmadik.

Ikkinchi bo‘limda esa bir kishi kam bo‘lib qolgan raqibga bosim uyushtirib, gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Goldan keyin raqib oldinga o‘tishga majbur bo‘ldi va biz qarshi hujumda yana raqibni jazolashga urinib ko‘rdik. So‘nggi o‘n besh daqiqalikda jismoniy jihatdan raqibga tashabbusni berib qo‘ydik. Alenning kiritgan yagona goli g‘alabamiz uchun yetarli bo‘ldi. Albatta bugungi o‘yinni har tomonlama tahlil qilib, kerakli xulosalarni chiqaramiz.

— Ikki o‘yindan beri Lobjanidze maydonda ko‘rinmayapti, bugun Ilhom Vahobov uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olmadi...

— Loboni ikki tur ilgari oyog‘idagi jarohati bezovta qilayotgandi. Shu sabab tavakkal qilishni istamadik. Shifokorimiz bilan maslahatlashib, u kichik jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishi uchun imkoniyat yaratib berdik. Muxlislar keyingi turda uni maydonda ko‘rishadi.  Vahobov “Bunyodkor”ga qarshi kechgan og‘ir bellashuvdan keyin o‘zini noqulay his qilayotgandi. 2-3 kundan keyin u to‘liq safga qaytib, mashg‘ulotlarda ishtirok eta boshlaydi.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 08:27, 19.04.2025.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.