Fransiyaning «PSJ» klubi vingeri Usmon Dembele nufuzli individual sovrin – «Oltin to‘p» uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan kurash haqida gapirdi.
"Oltin to‘p uchun kurash? Hozir eng muhimi, "PSJ" kuchli jamoadek o‘ynayapti. Biz maydonga birga chiqishdan zavqlanamiz.
Oldinda hali ko‘p yo‘l bor. Men uchun jamoaviy sovrinlardan yaxshiroq narsa yo‘q", - deydi futbolchi.













