Bugun Farg‘onaning "Neftchi" klubi Superliga 6-turida o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.
"Yo‘lbarslar" hujumchisi Toma Tabatadze uchun "Paxtakor" ancha qulay raqib hisoblanadi.
Gruziyalik forvard "Neftchi" va "Navbahor" safida jami "sherlar"ga qarshi 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgan va yana 2 ta golga assistentlik qilgan.













