Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Islombek Ismoilov: «O‘z uslubimizga egamiz, ishonch bilan, chiroyli futbol bilan g‘alaba qozonmoqchimiz»

Islombek Ismoilov: «O‘z uslubimizga egamiz, ishonch bilan, chiroyli futbol bilan g‘alaba qozonmoqchimiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchimiz Sayfiddin Sodiqov final uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi:

Islombek Ismoilov:

— Finalda o‘ynash ajoyib, jamoamiz bilan bu uchun uzoq mehnat qildik. Saudiya Arabistoni kuchli terma jamoalardan biri. Ularga qarshi ko‘p marta o‘yin o‘tkazdik. Lekin final o‘z nomi bilan final, oldimizda mas’uliyatli vazifa turibdi. Har ikki jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritishni maqsad qiladi. Asosiy maqsadimiz ertangi bahsda g‘alaba qozonib, xalqimizni xursand qilish.

Finalga tayyorgarlik haqida

— Har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz. Turnirda oson uchrashuvning o‘zi yo‘q. Final ham qiyin o‘tadi, sababi ruhiyat birinchi o‘ringa chiqadi. Biz futbolchilarni har tomonlama o‘yinga ideal holatda tayyorlash uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Barcha futbolchilarimiz uchrashuvga tayyor holatda, baxtimizga hech bir futbolchimiz jarohat olmadi. Umid qilamizki, ertaga jamoamiz eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatib, g‘alaba qozonadi.

Final oldidan futbolchilar ruhiyati haqida

— Biz raqiblarimizni hurmat qilamiz, lekin hech bir jamoadan qo‘rqmaymiz. O‘z uslubimizga egamiz, ishonch bilan, chiroyli futbol bilan g‘alaba qozonmoqchimiz. Buni futbolchilarimizga ham ta’kidlab kelmoqdamiz. KXDRga qarshi bahsga ham ruhiy jihatdan ko‘proq e’tibor qaratdik. Bu yoshdagi futbolchilarda ruhiyat o‘zgaruvchan bo‘ladi. Futbolda bir holat ikkinchi bor takrorlanmaydi. Biz o‘tgan o‘yindagi natijani unutib, eng asosiy uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Sayfiddin Sodiqov:

— Ertangi o‘yindagi raqibimiz Saudiya Arabistoni, bu jamoa bilan bir guruhda o‘ynadik, ularni juda yaxshi bilamiz. Guruh bosqichidagi g‘alaba bizni bo‘shashtirmaydi. Finalga ruhan va jismonan tayyormiz. Ochilish uchrashuvida biroz hayajonlandik, lekin murabbiylarimiz ko‘rsatmasi bilan o‘yindan-o‘yinga o‘zimizni yaxshi his qila boshladik. G‘alaba qozonib, kubokni yurtimizga olib ketmoqchimiz.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:03, 19.04.2025.
O'qildi: 9417 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.