Kirish Ro'yxatdan o'tish

Prevyu. “Surxon” - “Navbahor”

Prevyu. “Surxon” - “Navbahor”

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “Surxon” (Termiz) jamoasi mehmoni bo‘ladi.  

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 36 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 25 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan),  6 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 5 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 87-26, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 80 ochko, “Surxon” esa 23 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 36 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan.

Mazkur klublarning shu kungacha Termizda bo‘lib o‘tgan 18 ta o‘yinidan 8 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 tasida “Surxon” zafar quchgan, 4 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 30:20, jamoamiz foydasiga.

Barcha uchrashuvlar natijalari:

28.03.1992. “Surxon” – “Navbahor”  – 1:1
29.10.1992. “Navbahor” – “Surxon”  –  +:-
13.04.1994. ASK – “Navbahor”  –      2:3
13.11.1994. “Navbahor” - ASK   –   2:1
11.06.1995. “Navbahor” - ASK –     4:0
19.08.1995. ASK – “Navbahor” –    2:5
26.06.1996. “Navbahor” - ASK –     4:1
29.08.1996. ASK – “Navbahor” –    1:4
13.04.1997. “Navbahor” – “Surxon” – 9:0
04.10.1997. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
18.04.1998. “Navbahor” – “Surxon” – 5:0
08.10.1998. “Surxon” – “Navbahor” – 3:1
06.06.1999. “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.08.1999. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.04.2000. “Surxon” – “Navbahor” – 3:3
30.09.2000         “ Navbahor” – “Surxon” – 5:0
23.06.2001. “Surxon” – “Navbahor” – 0:3
31.07.2001. “Navbahor” – “Surxon” – 7:1
28.04.2002. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
19.10.2002. “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
14.05.2003. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
13.09.2003. “Navbahor” – “Surxon” – 2:1
15.03.2004. “Navbahor” – “Surxon” – 6:0
05.11.2004. “Surxon” – “Navbahor” – 0:4
21.04.2019. “Navbahor” – “Surxon” – 3:0
19.10.2019. “Surxon” – “Navbahor” – 0:0
19.08.2020. “Surxon” – “Navbahor” – 1:1
20.11.2020. “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
12.05.2021. “Navbahor” – “Surxon” – 2:0
03.10.2021. “Surxon” – “Navbahor” – 1:0
10.03.2022. “Surxon” – “Navbahor” – 1:2
11.08.2022. “Navbahor” – “Surxon” – 2:0
14.05.2023. “Navbahor” – “Surxon” – 1:0
27.10.2023. “Surxon” – “Navbahor” – 1:2
31.03.2024. “Navbahor” – “Surxon” – 2:2
26.08.2024. “Surxon” – “Navbahor” – 0:1.

Eslatib o‘tamiz, “Curxon” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 21 aprel kuni Termizdagi “Surxon-arena” stadionida soat 20:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:54, 19.04.2025.
O'qildi: 761 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик