Ayni damda "Barselona" Ispaniya La Ligasi doirasida "Selta"ga qarshi o‘z uyida o‘ynamoqda.
Xans-Diter Flik shogirdlari 12-daqiqada hisobni ochishdi, ammo keyin o‘yin kataloniyaliklar uchun yomon o‘ta boshladi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib "Barselona" "Selta"ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lmoqda. “Selta”ning uchta goliga ham Borxa Iglesias mualliflik qildi.













