Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"Manchester Siti" ketma-ket 12-bor APL turnir jadvalini "Manchester Yunayted"dan oldinda yakunlaydi

"Manchester Siti" ketma-ket 12-bor APL turnir jadvalini "Manchester Yunayted"dan oldinda yakunlaydi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasining joriy turnir jadvalida "Manchester Yunayted"ning qo‘li yetmaydigan jamoaga aylandi.

Shanba kuni "shaharliklar" safarda "Everton"ni mag‘lub etdi (2:0). Xosep Gvardiola jamoasi 33 turdan so‘ng 58 ochko to‘plagan bo‘lsa, "Manchester Yunayted" 32 o‘yinda 38 ochko jamg‘argan. Shu tariqa, "qizil iblislar" prinsipial raqibga yetib olish uchun matematik imkoniyatdan mahrum bo‘ldi - "Siti" ketma-ket 12-marta "Yunayted"dan yuqori o‘rinni egalladi. Seriya 2013-2014 yilgi mavsumda boshlangan.

Ayni paytda "MYU" jadvalda 14-o‘rinda bormoqda. Yakshanba kuni Ruben Amorim jamoasi o‘z maydonida "Vulverxempton"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 07:37, 20.04.2025.
O'qildi: 466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик