Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ikki atletimiz xalqaro yarim marafonda g‘olib bo‘ldi

Ikki atletimiz xalqaro yarim marafonda g‘olib bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tojikistonning Dushanbe shahrida XV xalqaro yarim marafon musobaqasi tashkil etildi. Unda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Efiopiya davlatlaridan kelgan atletlar raqobatlashdi.

Yengil atletika sport turi dasturidan o‘rin olgan yarim marafon bahslari 21 km. 97,5 metr masofada tashkil etiladi. 

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan bu galgi xalqaro yarim marafonda hamyurtimiz Shohrux Davlatov belgilangan masofani 1 soat, 4 daqiqa, 11 soniyada bosib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida yana bir mahoratli atletimiz  Yekaterina Tunguskova  1 soat, 18 daqiqa, 31 soniya natija bilan finishga yetib kelgan holda barcha raqiblarini orta qoldirdi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, o‘tgan haftada poytaxtimizda o‘tkazilgan VII Toshkent xalqaro marafonida SH.Davlatov bronza, YE.Tunguskova esa oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. 

Kiritildi: 10:24, 20.04.2025.
O'qildi: 570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик