"PSJ" Liga 1da mag‘lubiyatsiz davom etmoqda.
Kecha Fransiya chempionatining 30-turida Luis Enrike jamoasi "Gavr"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
"PSJ" milliy chempionatning joriy mavsumida birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi - uning hisobida 24 g‘alaba va 5 durang bor. Parijliklar chempionlikni kafolatlab bo‘lishgan.
"PSJ" keyingi turda "Nant"ga qarshi maydonga tushadi.













