“Arsenal” APLning 33-turida “Ipsvich”ni mehmonda 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Londonliklar safida Leandro Trossard (14 va 69) ikkita gol urgan bo‘lsa, Gabriyel Martinelli (28) va Etan Nvaneri (88) ham bittadan gol urishdi.
"Arsenal" hisobida 66 ochko bor va Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Ipsvich" 21 ochko bilan 18-o‘rinda.













