Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Superliga. 5-tur o‘yinlarini tashkil etishda kamchilikka yo‘l qo‘ygani uchun «Navbahor», «Qo‘qon-1912», «Dinamo», «Bunyodkor» va «Xorazm» klublariga jazo qo‘llanildi

Superliga. 5-tur o‘yinlarini tashkil etishda kamchilikka yo‘l qo‘ygani uchun «Navbahor», «Qo‘qon-1912», «Dinamo», «Bunyodkor» va «Xorazm» klublariga jazo qo‘llanildi

Baho:
+ | -

Liga rasmiy uchrashuvni tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan klublar haqida ma’lumot berishda davom etadi.

«Navbahor» 2:0 «Sho‘rtan»

Namangandagi stadionda tibbiyot zambilini ko‘tarish uchun yetarlicha personal topilmagan. Tez tibbiy yordam shifokori zambil ko‘tarishga majburlanayotgani Liga komissari bildirgisida qayd etilgan.

Komissar, shuningdek, klub matbuot xizmati sust faoliyat olib borayotgani masalasini ko‘targan. Superliga 3-turidan o‘rin olgan «Navbahor» 2:2 «Andijon» o‘yinida kotib hamda xavfsizlik ofiseri media tribunaga begona shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘yib bergandi. Bu safar esa fotograflar uchun ajratilgan hududda tegishli akkreditasiyaga ega bo‘lmagan begona shaxslar qayd etilgan. Maxsus nimchalarsiz harakat qilgan mazkur shaxslarning ayrimlarida 2023-yilgi Osiyo kubogi saralash uchrashuvi uchun berilgan akkreditasiyalar, shuningdek, Ligaga umuman aloqasi bo‘lmagan boshqa turdagi ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan. Ular komissar tomonidan texnik hududdan chiqarib yuborilgan. Biroq matbuot xizmatining bunday loqaydligi bir necha bor takrorlanayotganidan kelib chiqib, klubga nisbatan chora ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, «Navbahor» klubi xavfsizlik ofiseri yuqoridagi masala uchun bevosita javobgar hisoblanadi. Qo‘shimchasiga, texnik hududda tegishli ruxsatnomasiz bir qator shaxslar bemalol harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ofiser bu masalani tartibga solmagan.

U21 jamoalari ishtirokidagi o‘yinda namanganlik futbol muxlislari komissar ishiga halal bergan. Vaziyatga ichki ishlar xodimlari aralashib, ayrim muxlislarni tribunadan chiqarib yuborgan. Klub xavfsizlik ofiseri esa muxlislar texnik hududda emas, qarama-qarshi tribunadan joy olishi masalasida tegishlicha ish olib bormagan.

«Qo‘qon-1912» 1:0 «Buxoro»

Uchrashuv yakunida maydonga muxlislar tushib ketishi holati kuzatilgan. Komissar bildirgisida klub xavfsizlik ofiseri mazkur masalada yetarlicha ishlamagani qayd etilgan.

Liganing rasmiy uchrashuvni o‘tkazish bilan bog‘liq badiiy dasturiga klub tomonidan bepisand munosabatda bo‘lingan va u tabloda yetarlicha aks ettirilmagan. Liga Qo‘qondagi stadion maxsus xodimlari bu borada qanday faoliyat olib borishini o‘rgatish uchun Superliga 1-turidan o‘rin olgan bellashuvga o‘z mutaxassislarini yuborgan bo‘lsa-da, keyingi turlarda uning ijrosi yetarli darajada ta’minlanmayapti.

Shuningdek, Liga marketing bo‘limi mazkur bellashuv yuzasidan o‘z e’tirozlarini kiritib o‘tgan. Mazkur e’tiroz bevosita Liga shartnomalari bilan bog‘liq ekanligidan kelib chiqib, «Qo‘qon-1912» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«Dinamo» 1:1 «So‘g‘diyona»

Tez tibbiy yordam uchrashuvoldi mashg‘ulotda ishtirok etmagan. Aynan uning stadionga kech yetib kelishi oqibatida bellashuv 12 daqiqa kech boshlangan. Bu klub rasmiylarining uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq qo‘pol kamchiligi hisoblanadi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida ikki muxlis maydonga yugurib chiqqan. Ular Milliy gvardiya xodimlari nazorati ostida maydondan olib chiqilgan.

Stadionda tablo bilan bog‘liq muammo mavjud. U kelgusi turga qadar hal etilmasa, klubga nisbatan chora ko‘riladi.

«Bunyodkor» 0:0 «Qizilqum»

«Bunyodkor» klubi rasmiy shaxslari texnik hududga maxsus ruxsatnomalarsiz chiqib kelgan. Shuningdek, komissar ogohlantirishiga qaramay, texnik hududda ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan begona shaxslar harakat qilgan. Shundan kelib chiqib, «Bunyodkor» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

«Xorazm» 0:1 «OKMK»

Uchrashuv yakunida bir necha bolalar maydonga yugurib tushgan. O‘yin Olmaliq shahrida tashkil etilgani, garchi mezbon «Xorazm» klubi bo‘lsa-da, «OKMK» tashkilotchilik bilan bog‘liq masalalarni o‘z zimmasiga olganidan kelib chiqib, «OKMK» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

U21 jamoalari ishtirokidagi o‘yinga xorazmlik futbolchilar asosiy tarkibniki libosidan farq qiladigan liboslarda chiqib kelgan. Liga «Xorazm» klubidan reglament bandlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni so‘raydi va klubni rasman ogohlantiradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:10, 21.04.2025.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.