Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Fevzi Davletov: «Kirill o‘z xatosini to‘g‘riladi va chiroyli gol urdi»

Fevzi Davletov: «Kirill o‘z xatosini to‘g‘riladi va chiroyli gol urdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Surxon"-"Navbahor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Termizliklar ustozi o‘z so‘zini odatdagidek o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa ham sifatli va tomoshabop futbol ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ikkinchi bo‘limda raqib ham o‘z kuchli tomonlarini namoyish etdi. Vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha kamchiliklarimiz bor. Jamoamiz muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman.

— "Surxon" nega 5 ta turdan so‘ng o‘zining haqiqiy kuchini ko‘rsatayapti?
— Dastlabki turlarda ayrim yetakchi futbolchilarimiz tarkibimizda yo‘q edi, kech qo‘shilishdi. Ayrim sabablar shu bilan ham bog‘liq. Shuningdek, mavsum startida har qanday jamoada ham adaptasiya og‘ir o‘tishi mumkin. Tarkibimizda yosh futbolchilar, ular o‘yindan-o‘yinga tajriba to‘plab, kuchayib borishadi.

— "Surxon" haqiqatdan ham birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadi. Gol bo‘lmayotgani uchun ikkinchi bo‘limda "V" rejani ishga soldingizmi?
— Birinchi bo‘limda ko‘p hujumlar tashkil etdik. Biroq, vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda tarkibda rotasiyalarni amalga oshirdik. Har ikki jamoa g‘alaba uchun o‘ynadi. Penaltidan gol ura olmagan futbolchimiz o‘yindagi vaziyatdan hisobni ochdi va g‘alaba golimizni urdi.

"Navbahor" PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:51, 22.04.2025.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик