Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Anchelotti “Barselona”ga qarshi bahs uchun aniq reja tuzgan

Anchelotti “Barselona”ga qarshi bahs uchun aniq reja tuzgan

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining o‘yinini yaxshilash ustida ishlamoqda. Diario AS nashrining xabariga ko‘ra, Anchelotti “Atletik Bilbao”ga qarshi bahsda qo‘llagan 4–4–2 sxemasini (romb shaklidagi yarim himoya) yana sinab ko‘rmoqchi.

Bu holatda hujum chizig‘ida Vinisius Junior va Kilian Mbappe juftligi harakat qiladi, Rodrigo esa o‘yinni zaxiradan boshlashi kutilmoqda. Madrid klubi Ispaniya La Ligasining so‘nggi bahsida “Atletik”ka qarshi shu taktik sxemada harakat qildi va ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Shu bois italiyalik mutaxassis “Barselona”ga qarshi uchrashuvda ham shu uslubda o‘ynashni maqsad qilgan.

Klub 26 aprel, shanba kuni “qirollik klubi” Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuv oldidan “Real” La Liga doirasida “Xetafe”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Aynan shu uchrashuv so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi kutilmoqda.

Hozirda “Real” 69 ochko bilan Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub yetakchi “Barselona”dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:16, 22.04.2025.
O'qildi: 4529 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик