Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

VI Islom birdamligi o‘yinlarining yengil atletika bellashuvlari o‘tkaziladi

VI Islom birdamligi o‘yinlarining yengil atletika bellashuvlari o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor joriy yilning 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlari o‘tkaziladi.

Ushbu nufuzli musobaqaning bu yilgi dasturidan 13 ta Olimpiya, 4 ta noolimpiya, 3 ta Paralimpiya va 1 ta milliy sport turi o‘rin olgan. Ushbu dasturlar orasida yengil atletika bo‘yicha bahslar “Al-Malaz” stadionida tashkil etiladi.

Ushbu stadion sportchilar shaharchasidan 27,5 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 20 ming 272 nafar tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

Musobaqa doirasida 100, 200, 400, 800, 1500, 5000 va 10000 metr masofaga yugurish, 3000 metrga to‘siqlar osha, 100 (ayollar), 110 (erkaklar) va 400 metrga g‘ovlar osha yugurish, 4x100 estafeta jamoaviy va 4x400 mikst estafeta yugurish, 5000 metrga sportcha yurish, o‘nkurash (erkaklar), yettikurash (ayollar), langarcho‘pda sakrash, nayza uloqtirish, balandlikka, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bosqon va yadro uloqtirish bahslari tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: Islom birdamlik o‘yinlari tashkil etilganiga 25 yil to‘ldi. Ushbu sport tadbiri ilk bor Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan edi. Joriy yilgi o‘yinlar ham aynan ushbu mamlakatda o‘tkaziladi.

So‘nggi Islom birdamligi o‘yinlari 2022 yil Turkiyada o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston delegasiyasi 56 ta davlat orasida 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Kiritildi: 16:57, 22.04.2025.
O'qildi: 656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик