Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"MYU" bu yozda ham "Barsa" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi

"MYU" bu yozda ham "Barsa" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi

Baho:
+ | -

Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Frenki de Yong yana "Manchester Yunayted" e’tiboriga tushdi. "Old Trafford"da niderlandiyalik futbolchi yarim himoyani kuchaytirish uchun ideal variant ekaniga ishonishmoqda va "Barsa"ni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qiladigan taklif berishga tayyor.

"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotganiga qaramay, klub futbolchi sotilmasligini aniq aytdi. Darvoqe, zamonaviy futbolda agar rostan ham jiddiy taklif tushsa, hammasi o‘zgarishi mumkin, "Yunayted" esa bunga harakat qilib ko‘rishga tayyor. Ingliz grandi rahbariyati ishonchi komil: de Yongning transferi yuqori narxga qaramay, sifat jihatidan o‘zini oqlashi mumkin.

Qo‘shimcha qilamizki, ushbu mavsumda yarim himoyachi "Barselona" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:45, 22.04.2025.
O'qildi: 1651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.