Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

O‘zbekiston terma jamoasi tayyorgarligi uchun Superliga 12-turi sanalari o‘zgaradi

O‘zbekiston terma jamoasi tayyorgarligi uchun Superliga 12-turi sanalari o‘zgaradi

Baho:
+ | -

2-10 iyun sanalari FIFA kunlari sifatida belgilangan bo‘lib, uning doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni Abu Dabida BAA hamda 10 iyun kuni Toshkentda Qatar termalariga qarshi maydonga tushadi.

BAA bilan uchrashuv mamlakat futboli tarixiga kirishi mumkin. Mazkur uchrashuvdagi durang natija ham jamoamizni mundial sari yetaklaydi. Shundan kelib chiqib, bosh murabbiy Temur Kapadze Abu Dabidagi bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirgan. Jumladan, terma jamoamiz safarga odatdagidan ertaroq yo‘l olib, tayyorgarlikni Amirliklarda davom ettirishni maqsad qilgan.

Ma’lumki, may oyining so‘nggi 10 kunligida legioner futbolchilar ham terma lageriga ertaroq yetib kelishi mumkin. Bu o‘z navbatida Kapadzega jamoani ertaroq yig‘ish imkoniyatini taqdim etadi. Shundan kelib chiqib, Assosiasiya va Liga o‘zaro kelishgan holda Superliganing 12-tur bellashuvlarini ham FIFA kunidan keyinga ko‘chirishga qaror qildi. Bu o‘z navbatida Superligada ishtirok etayotgan futbolchilar terma ixtiyoriga ertaroq yetib borishini ta’minlaydi.

O‘zgargan taqvim reja bilan mana shu havola (birinchi yarim yillik, ikkinchi yarim yillik) orqali tanishib olishingiz mumkin. Bunda Superliga o‘yinlarining dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi va kubok uchrashuvlari hafta o‘rtasida bo‘lib o‘tishi prinsipi saqlab qolingan bo‘lib, mamlakat kubogining ¼ final bosqichi avgust oyiga ko‘chirilgan.

Ishonamizki, mamlakatimiz bosh jamoasi iyun oyida barcha o‘zbekistonliklar uchun mundial chiptasini sovg‘a qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:31, 23.04.2025.
O'qildi: 1321 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик